» » Boysunda shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Boysunda shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi


Surxondaryo viloyatini 2019—2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladigan yangi loyiha iste’molchilarga arzon va ishonchli elektr energiyasi yetkazib beradi. Uni Turkiyaning Etko Co Enerji kompaniyasi bunyod etadi, deya xabar beradi O‘zA.

Ayni paytda texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020-yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, tog‘li tumanda shamoldan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyat mavjud.

Bu yerda 600 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan yirik loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi, energiya uzilishlariga to‘liq chek qo‘yiladi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют