» » Ozbekistonda rahbar kadrlar tanlovi qatnashchilarini royxatga olish boshlandi

Ozbekistonda rahbar kadrlar tanlovi qatnashchilarini royxatga olish boshlandi


Innovatsion rivojlanish vazirligi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda uch yilda bir marta otkazadigan istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralash boyicha Taraqqiyot tanlovi talabgorlarini royxatga olish bosqichi boshlandi. Bu haqda Daryoga vazirlik matbuot xizmati malum qildi.

Tanlovning maqsadi davlat, xojalik va maxalliy ijro boshqaruvi organlaridagi yuqori malakali kadrlarni aniqlash, ragbatlantirish va qollab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovda tayanch oliy malumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bolgan (45 yosh ham qoshilgan holda) Ozbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda talabgorlar 16 ta nominatsiya boyicha oz sohasidan kelib chiqib ishtirok etadi. Nominatsiyalar bilan Taraqqiyot-tanlov.uz saytida tanishish mumkin.

Tanlov goliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti tolanadi.

Shuningdek, tanlov goliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida amaliyot otashni oz ichiga oladigan Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha Prezident dasturiga muvofiq uch oylik kurslarda oqiydi va uni otagandan song tegishli yonalishlar boyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Taraqqiyot-tanlov.uzsaytiga kirib, royxatdan otish, buning uchun esa albatta, ID.uz portalidan royxatdan otgan bolish shart. Talabgorlar joriy yilning 1-oktabridan 30-oktabriga qadar royxatdan otishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-10-2018, 11:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
:
-
:
20 ... -