» » O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda

O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda


“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglamentni ishlab chiqdi, u ayni paytda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

U go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish zanjiridagi majburiy xavfsizlik talablarining asosiy ro‘yxatini belgilaydi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, umumiy texnik reglament tayyorlanadigan va import qilinadigan hayvon va parranda go‘shtlarining barcha turlari, kalla-pocha va ichak-chavoqlar, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat konservantlari va tarkibida go‘sht bo‘lgan boshqa mahsulotlar uchun amal qiladi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XKning rasmiy prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi 2020-yilga kelib, 28,8 foizga oshadi. Ushbu ko‘rsatkich 2016-yilda kishi boshiga 37,1 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda 47,8 kilogrammga yetadi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют