» » Germaniya kompaniyasi Samarqandda mehmonxona quradi

Germaniya kompaniyasi Samarqandda mehmonxona quradi


Germaniya kompaniyasi Samarqandda mehmonxona quradi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Samarqandga Germaniyaning RIMC Hotels and Resorts kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur kompaniya mehmonxona va boshqaruv sohasida xalqaro miqyosda katta tajribaga ega. Ayni paytda Germaniyadan tashqari Avstriya, Italiya, Ispaniya, Shveysariya, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlarda mehmonxonalari mavjud.

Kompaniyaning o‘ziga xos jihati har bir hududda o‘sha joyga mos tarzda mehmonxona tashkil etadi.

Kompaniya boshqaruvchisi ta’kidlashicha, kompaniya mehmonxona qurishda hududning qonun-qoidalari, xalqning mintaliteti, millatning urf-odatiga alohida e’tibor qaratadi.

“Samarqandning dovrug‘iga mos, sayyohlar didiga har tomonlama ma’qul mehmonxona qurishni maqsad qilganmiz”, — deydi RIMC Hotels and Resorts kompaniyasi boshqaruvchisi Gert Prantner.

Mehmonlarga ayni paytda Samarqand shahrining bosh rejasi tuzilayotgani, bu jarayon yaqin vaqtlarda yakuniga yetib, bugun bildirilgan taklif va loyihalar albatta inobatga olinishini bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют