» » Samarqandda ichkilik sabab yana bir vahshiy qotillik yuz berdi

Samarqandda ichkilik sabab yana bir vahshiy qotillik yuz berdi


2018-yilning 13-oktabr kuni soat taxminan 21:00 atrofida Samarqand shahar “Navbog‘chiyon” MFYda yashovchi fuqaro O.N. o‘zining yashash uyida Samarqand shahridagi “Ko‘l” MFYda yashovchi tanishi S.V. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida O.N. uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.V.ning ko‘krak sohasining chap qismiga uch marotaba urib uni qasddan o‘ldirgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Viloyat sud-tibbiy ekspertizasining 2018-yil 14-oktabr kungi dastlabki tekshiruvidan olingan xulosasiga ko‘ra, marhum S.V.ning tanasida, ya’ni ko‘krak qafasi old yuzasi chap tomoni, qovurg‘alar orasida ikki dona yarasi mavjudligi, shuningdek, bosh qismida kesilgan yarasi, peshona o‘ng qosh ostida, bo‘yin oldi o‘rta va yuqori qismida ko‘plab ko‘ndalangsimon kesilgan yaralar hamda jinsiy olatning kesib ajratib olinganligi kabi jarohatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur jinoiy ishi yuzasidan O.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqand shahrida mudhish qotillik yuz berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют