» » Belarus AES qurishda O‘zbekistonga ko‘mak ko‘rsatadi

Belarus AES qurishda O‘zbekistonga ko‘mak ko‘rsatadi


Belarus va O‘zbekiston atom energetika sohasida anglashuv memorandumi imzolashni rejalashtiryapti. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Belarus Energetika vazirligining Yadroviy energetika bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Dulinetsning ma’lum qilishicha, hujjat imzolashga deyarli tayr qilib qo‘yilgan, u yil yakuniga qadar imzolanishi kutilmoqda.

“Biz ochiqlik tamoyiliga amal qilamiz, o‘z tajribamiz bilan faol o‘rtoqlashishga tayyormiz. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Bangladesh, Turkiya va boshqa mamlakatlar delegatsiyalari Belarusda bo‘lib, Belarus AES qurilishi tajribasi bilan tanishgan”, — dedi Dulinets.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bilan hamkorlikda “3+” avlodiga mansub SSER—1200 tipidagi reaktorli ikki energoblokdan iborat AES qurmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют