» » Stiven Xokingning kreslosi auksionda qariyb 400 ming dollarga sotildi

Stiven Xokingning kreslosi auksionda qariyb 400 ming dollarga sotildi


Britaniyalik marhum fizik olim Stiven Xokingning nogironlik aravachasi Londondagi Christie’s auksionida 300 ming funt sterling (393 ming dollar) evaziga sotildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Dastlab Xoking umrining asosiy qismini o‘tkazgan motorli aravacha 15 ming dollarga baholangan edi.

Shuningdek, Stiven Xokingning 1965-yildagi doktorlik dissertatsiyasi ham auksion savdolarida sotildi. Uni 585 ming funt (767 ming dollar) evaziga sotib olishdi. Dissertatsiyaning narxi dastlabki bahosidan uch baravar oshib ketdi.

Lotlar savdosidan tushgan pul Xokingning xayriya jamg‘armasi, shuningdek harakatlanish neyronlari kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha assotsiatsiyasiga beriladi.

Ma’lumot uchun, Stiven Xoking 2018-yilning 14-martida 77 yoshda vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют