» » Farg‘onada MIB elektr tokini noqonuniy ishlatayotgan fuqarolarni aniqladi

Farg‘onada MIB elektr tokini noqonuniy ishlatayotgan fuqarolarni aniqladi


Farg‘ona viloyat boshqarmasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotiga ko‘ra, MIB Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 20-oktabrda Qo‘qon shahar, Soxibzoda Xazrat ko‘chasi, loyihaviy uyda yashovchi Xamidov Rustam Yoqubovich xonadonida elektr foydalanishning qonuniyligi o‘rganilganda, R.Xamidov shahar Elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda tarmog‘idan uzilgan.

Bu bilan fuqaro R.Xamidov o‘zining noqonuniy harakatlari oqibatida Elektr ta’minoti korxonasiga jami 23 mln. 150,4 ming so‘m miqdorida zarar keltirgan.

Xuddi shuningdek, joriy yilning 7-sentabrida Qo‘qon shahar, Xojirobod ko‘chasi, 10-uyda yashovchi Madaliyeva Yoqutxon Abdumannonovna mutlaqo noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi aniqlanib, jami 22 mln. 649,3 ming so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan.

Yoki, joriy yilning 24-noyabrida Qo‘qon shahar, Rovot ko‘chasi, 24-uyda joylashgan “Farovon Qo‘qon Servis” MChJda elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi o‘rganilganda, MChJ rahbari Akramov Umar Yunusovich elektr xisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib (peremichka) noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda elektr tarmog‘idan uzilgan.

Oqibatda fuqaro U.Akramov davlat manfaatiga jami 43 mln. 844,3 ming so‘m miqdorda zarar keltirgan.

Surishtiruv davomida huquqbuzarlar tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zararlar to‘liq undirilishi ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют