» » Toshkent xalqaro aeroportida Afg‘onistonga yo‘l olgan fuqaro 25 ming dollarni olib o‘tishga urindi

Toshkent xalqaro aeroportida Afg‘onistonga yo‘l olgan fuqaro 25 ming dollarni olib o‘tishga urindi


Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari naqd xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Toshkent—Kobul” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro Sh.Sh. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanish chog‘ida bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

Shundan so‘ng ushbu shaxs belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning egnidagi kurtkasining cho‘ntaklarida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan jami 25350 AQSH dollar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют