» » O‘zbekiston budjet hisobining standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekiston budjet hisobining standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


O‘zbekiston budjet hisobining standarti (4-sonli BHS) “Valyuta kursi o‘zgarishining ta’siri” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu tartib moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalar hamda budjet tashkilotlarida chet el valyutasida operatsiyalarni yuritishni normativ tartibga solinishini belgilaydi.

Chet el valyutasidagi operatsiyalar budjet hisobida sodir etilgan vaqtda to‘lov kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi.

Quyidagilar tashkilotlarning chet el valyutasidagi operatsiyalari bo‘lib hisoblanadi:

Budjet hisobida chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarning qiymatini hisobotlarda aks ettirish uchun so‘mda qayta hisoblash lozim.

Tashkilotlarning chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlari hisobot davrining so‘nggi ish kunida chet el valyutasida operatsiya amalga oshirilgan sanadagi rasmiy kurs bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.

Bunda, hisobot davrining so‘nggi ish kunida tashkilotlar yagona va shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i, kassasi hamda boshqa hisob raqamlardagi chet el valyuta mablag‘larini, shuningdek chet el valyutasidagi moliyaviy aktivlarning qiymatini operatsiya sodir etilgan vaqtdagi rasmiy kurs bo‘yicha so‘mda ifodalaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют