» » Osiyoda yil odami deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Rossiyaga urush e’lon qilish niyatidagi Ukraina, Toshkent hokimligiga tayinlangan Jahongir Ortiqxo‘jayev va kunning boshqa muhim xabarlari

Osiyoda yil odami deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Rossiyaga urush e’lon qilish niyatidagi Ukraina, Toshkent hokimligiga tayinlangan Jahongir Ortiqxo‘jayev va kunning boshqa muhim xabarlari


21-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) tomonidan Osiyoda yil odami deb tan olindi.

OJAning qayd etishicha, g‘oliblar nomi mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya a’zolari tavsiyalari hamda baholaridan so‘ng maxsus hakamlar tomonidan aniqlandi.

O‘zbekiston rahbari “siyosat” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib, deb e’tirof etildi.

Ushbu g‘alaba qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlik, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qo‘shganlik uchun berildi.

***

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan Rossiyaga urush e’lon qilish va u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzish so‘ralgan murojaat loyihasi Ukraina parlamentiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

Uning muallifi — fraksiyadan tashqari deputat Vitaliy Kupriydir.

Avvalroq Ukrainada 2019-yil 1-apreldan Rossiya bilan do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnomani tugatish haqidagi qonun qabul qilingan edi.

***

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini qo‘llab-quvvatladi. So‘zga chiqqanlar yangi hokim va uning barcha o‘rinbosarlari, barcha faollar bir musht bo‘lib, poytaxti jadal rivojlantirish bo‘yicha bugun belgilab berilgan vazifalarni bajarish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ta’kidladi.

***

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan.

Muidjon Tohiriy 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010-yil sentabrdan 2011-yil iyungacha O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan.

2011-yil iyun oyidan yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016-yil oxirigacha ishlagan.

***

Toshkеntdagi tungi klubda 19 yoshli qiz ikki yigitni pichoqladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi Mirziyod Abidov joriy yilning 6-oktabr kuni taxminan soat ertalabki 04:40 da Yakkasaroy tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan “Nihol” tungi klubi yaqinida ikki yigitga pichoq bilan zarba bergan qizga hukm o‘qidi.

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, janjal erkaklarning biri uning onasining oyog‘iga tepganidan keyin sodir bo‘lgan. N.Sh. javoban Abdulla Yunusovning ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba bergan. Bundan tashqari, ularni ajratmoqchi bo‘lgan Sirojiddin Zufarovni ham pichoq bilan jarohatlagan.

N.Sh. qo‘lga olingan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют