» » “Barselona” yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi

“Barselona” yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi


“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbada yozilishicha, 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi.

Tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan kelishuvga erishdi. “Ko‘k-anor ranglilar” futbolchi uchun “Ayaks”ga 75 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Frenki de Yong uchun PSJ, “Bavariya” va “Manchester Siti” ham da’vogarlik qilgandi.

Ushbu mavsumda futbolchi Niderlandiya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi va 3 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют