WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Samarqand shahrida ilk info-kiosk o‘rnatildi
Samarqand shahrida ilk info-kiosk o‘rnatildi
Vendo kompaniyalar guruhi hamda Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorlik loyihasi asosida Samarqand shahrida ilk info-kiosk o‘rnatildi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.
Wi-fi tizimidan foydalanish, telefon qilish, turli ma’lumotlar olish kabi imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan info-kiosk xizmatlaridan bepul foydalanish mumkin.
Departament matbuot xizmatiga ko‘ra, loyiha tajriba sifatida amalga oshirilayotgan bo‘lib, yaqin kelajakda shaharning sayyohlik hududlarida 200 ga yaqin shunday kiosk ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?