» » Maduro harbiy aralashuvga qarshi imzo to‘plashni boshlamoqchi

Maduro harbiy aralashuvga qarshi imzo to‘plashni boshlamoqchi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiy aralashuvga qarshi imzo yig‘ishni boshlashi haqida e’lon qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Imzolash 6-fevral, chorshanba kuni boshlanadi. Shundan so‘ng imzolangan hujjat Oq uyga topshiriladi.

“Men Venesuela xalqini AQSh hukumatining harbiy kuch ishlatish haqidagi tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqiraman,” — dedi Maduro.

Venesuela muxolifat parlamentining raisi Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan. Bu voqea Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi 23-yanvar kuni Karakasda o‘tkazilgan miting paytida sodir bo‘lgan. Bugungi kunda muxolifat yetakchisi Guaydo AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Yevropa Ittifoqining ko‘plab mamlakatlarida qonuniy prezident sifatida tan olingan. Rossiya Maduroni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют