» » Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari;

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

Matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tashkil etiladi.

Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji, uning nomini Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejiga o‘zgartirgan hamda amaldagi moliyalashtirish tizimini saqlab qolgan holda agentlik tasarrufiga o‘tkaziladi.

Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Fuqarolarning so‘z va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro‘yobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;

Ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

Axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish;

Kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda o‘zbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

Jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda ko‘maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash;

Respublika axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini ko‘rish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют