» » Qoraqalpogistonda 3 mingdan oshiq oqituvchining maoshidan kommunal tolovlar uchun noqonuniy ravishda ushlab qolingani aniqlandi

Qoraqalpogistonda 3 mingdan oshiq oqituvchining maoshidan kommunal tolovlar uchun noqonuniy ravishda ushlab qolingani aniqlandi


Qoraqalpogiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat inspeksiyasi tomonidan Kun.uz saytida elon qilingan Oqituvchilar maoshidan 500 ming somdan ushlab qolinmoqda nomli maqola boyicha Amudaryo tumani xalq talimi bolimida organish otkazildi.

Malum bolishicha, tumandagi 82 ta umumtalim maktabida ishlovchi 5154 nafar pedagog xodimning 3115 nafaridan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal tolovlar uchun noqonuniy ravishda roziligi olinmay, ish haqidan ushlab qolingan.

Mazkur holat boyicha aybdor bolgan Amudaryo tumani xalq talimi bolimi mudirining orinbosari R.Matqurbanov hamda Xalq talimi boshqarmasi markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi M.Qalandarov Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining besh baravari (1 013 650 som) miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, inspeksiya tomonidan mazkur huquqbuzarlik holati boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligiga 2019-yil 8-fevral kuni qonunbuzilishini bartaraf etish va kelgusida yol quymaslik yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-02-2019, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -