» » APL. Manchester Siti Chelsi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)

APL. Manchester Siti Chelsi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)


10-fevral, yakshanba kuni futbol boyicha Angliya premyer ligasining 26-turi doirasida 2 ta uchrashuv bolib otdi.

Kunning birinchi oyinida Maurisio Pochettino qol ostidagi Londonning Tottenhem klubi Uembli stadionida Lester bilan bellashdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Kristian Eriksen uzatgan topni Davinson Sanches boshi bilan joylab qoydi va hisobni ochdi (1:0).

2-bolimning 63-daqiqasida Kristian Eriksen Fernando Lyorente uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 76-daqiqada Jeymi Vardi hisobni qisqartirdi (2:1). Oyindagi songgi gol 90+1-daqiqada kiritildi. Unga Son Hyon Min mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa shporlar oz uyida tulkilarni 3:1 hisobida taslim qildi va muhim 3 ochkoni qolga kiritdi.

Turning markaziy oyinida musobaqa jadvalida 2-orinda borayotgan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi Manchester Siti klubi Mauritsio Sarri boshliq Chelsi jamoasi bilan jang qildi.

1-bolimning 4-daqiqasidayoq Rahim Sterling hisobni ochgan bolsa, 13-daqiqaga kelib Serxio Aguero Aleksandr Zinchenko uzatgan topni uzoq masofadan Kepa Arrisabalaga darvozasiga joylab qoydi (2:0). Oradan 6 daqiqa otib argentinalik hujumchi hisobni yiriklashtirdi va dubl qayd etdi (3:0). 25-daqiqada esa Ilkay Gundogon oz hisobiga bitta gol yozdirib qoydi. Jamoalar 4:0 hisobida qisqa tanaffusga yol oldi.

2-bolimning 56-daqiqasida hakam tomonidan London klubi darvozasi tomon penalti belgilandi va Aguero bundan ham unumli foydalandi va het-trikka erishdi (5:0). 80-daqiqada esa mankunianlar azosi Rahim Sterling jamoasining 6-golini kiritdi.

Shu tariqa shaharliklar aristokratlar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi va 3 ochkoga ega boldi.

APL

26-tur bahslari

10-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 33 Sanches, 2:0 63 Eriksen, 2:1 76 Vardi, 3:1 90 Son.

Gollar: 1:0 4 Sterling, 2:0 13 Aguero, 3:0 Aguero, 4:0 25 Gundogon, 5:0 56, penalti, Aguero, 6:0 80 Sterling.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (10-02-2019, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -