» » Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahrida sayyor qabul o‘tkazdi

Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahrida sayyor qabul o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidentining Farg‘onadagi Xalq qabulxonasida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Quvasoy, Marg‘ilon va Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, uy-joy, kommunal masalalar, ta’lim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, bank, soliq sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha 68 ta murojaati atroflicha muhokama qilindi. Ularning aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalar qat’iy nazoratga olindi.

Marg‘ilon shahrida yashovchi Nodiraxon Karimova uch yildan beri ish topa olmayotganligi sababli sayyor qabulda bo‘ldi. U huquqshunos-iqtisodchi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus diplomiga ega. Nodiraxonning maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashish masalasi shu yerning o‘zida hal etildi.

Farg‘ona shahrida yashovchi ikki nafar nogiron farzandi bor Xurshida Shokirovaning uy-joy ajratish to‘g‘risidagi murojaati ham qanoatlantirildi.

Zamiraxon Hayitovaning uy-joy ajratish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir murojaatiga ham qabul davomida yechim topildi.

– Viloyat hokimining o‘tgan galgi sayyor qabulida qilgan murojaatim ham qanoatlantirilgan. Qaramog‘imda ruhiy xasta onam borligi va kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatda turishim sababli qurilayotgan arzon uylardan birini boshlang‘ich to‘lovsiz olishda yordam so‘ragandim. Birinchilar qatorida uy berishlarini eshitib xursand bo‘ldim. Endi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, chevarxona ochmoqchiman. Sayyor qabul davomida bu masalam ham hal bo‘ldi, – deydi Zamiraxon Hayitova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют