» » Shohjahon Ergashev WBA yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi, Shahram G‘iyosovga esa reytingdan joy topilmadi

Shohjahon Ergashev WBA yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi, Shahram G‘iyosovga esa reytingdan joy topilmadi


Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarining yangi reytingini e’lon qildi. Unda Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) o‘rnini yaxshilab oldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida ringga ko‘tarilayotgan Shohjahon Ergashev fevral oyi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘tgan oydagi reytingda 15-o‘rinda borayotgan Shahram G‘iyosov esa bu safar undan o‘rin egallay olmadi.

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev 1-o‘rinni saqlab qoldi va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qoldi.

Shuningdek, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) esa reytingda 9-o‘rinda qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют