» » Namanganda mintaqaviy “Yoshlar oromgohi” qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi

Namanganda mintaqaviy “Yoshlar oromgohi” qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi


Kosonsoy tumanida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyati yoshlari uchun 5 gektar hududda mintaqaviy “Yoshlar oromgohi” qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari Namanganga tashrifi chog‘ida yoshlar uchun oromgoh qurishga ko‘rsatma bergan edi. Shundan so‘ng loyiha ishlab chiqilib, hudud qayta qurilishga tayyorlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 6 milliard so‘m bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 210 nafar, yil mobaynida 12 ming nafardan ortiq yosh qamrab olinadi.

Tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosimda ta’kidlanganidek, joriy yili Prezident tashabbusi bilan Namanganga bir millionta kitob sovg‘a qilinadi. Endi “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichini ham Kosonsoydagi “Yoshlar oromgohi”da o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют