» » “Mikrokreditbank” rahbari o‘zi o‘qigan maktabga kitob sovg‘a qildi

“Mikrokreditbank” rahbari o‘zi o‘qigan maktabga kitob sovg‘a qildi


“Agar yolg‘iz esang, hamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur ham kitobdur”.

Xuddi shu kabi — kitob va uning fazilatlari ulug‘langan iboralar bugungi kunda mamlakat bo‘ylab ko‘p bor takrorlanmoqda.

Ma’lumki, joriy yilning 19-mart kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyevning maktablarga kitob sovg‘a qilish to‘g‘risidagi tashabbusi mamlakat bo‘ylab keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda barcha bilimlar manbayi hisoblanmish kitob to‘g‘risida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mushoiralar esa samimiy dil izhorlari yangragan adabiy kechaga aylanib ketdi.

Mazkur tadbirda ushbu maktabda ta’lim olgan “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi O.P.Almardanov 100 dan ortiq badiiy va o‘quv adabiyotlarini o‘quvchilarga tuhfa qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan “Mikrokreditbank” jamoasi tomonidan poytaxtimizdagi A.Xlebushkina nomli 22-sonli mehribonlik uyiga kitoblar tuhfa qilingani haqida xabar qilgan edik.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют