» » “Bek to‘pi” savdo majmuasi sobiq rahbari hibsxonada vafot etdi

“Bek to‘pi” savdo majmuasi sobiq rahbari hibsxonada vafot etdi


“Bek to‘pi” savdo majmuasi sobiq direktori Shukrullaxon Ergashev Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 1-izolyatorida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 30-mart kuni soat taxminan 12:20larda O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan, 2019-yilning 6-fevralidan boshlab hibsxonaning Davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limida “Yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya-2, AG-2, qandli diabet kasalligi 2-darajasi” tashxisi bilan davolanayotgan maxbus Shukrullaxon Ergashev “O‘tkir miokard infarkt, O‘tkir yurak qon tomir va o‘pka yetishmovchiligi” tashxisi bilan vafot etgan, deyiladi xabarda.

Mahbus Shukrullaxon Ergashevning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha Toshkent prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют