» » Bosh prokuratura kimyoviy modda ichib vafot etgan fargonalik oquvchi haqida axborot berdi

Bosh prokuratura kimyoviy modda ichib vafot etgan fargonalik oquvchi haqida axborot berdi


Bosh prokuratura Fargona viloyatida kimyoviy modda ichib vafot etgan oquvchi bilan bogliq holat yuzasidan rasmiy axborot tarqatdi.

15.02.2019-yil kuni soat 17:00 larda Ozbekiston tumani, Oqchi MFY, Oqchi-dasht qishlogi, Soy boyi kochasi 104-uyda yashovchi, 23.01.2003-yilda tugilgan voyaga yetmagan S.A. yashash xonadonida nomalum kimyoviy moddani ehtiyotsizligi oqibatida ichib yuborishini natijasida tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 18.02.2019-yil kuni sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda olingan nomalum kimyoviy modda bolagi tarkibini aniqlash boyicha sudga oid kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 19.02.2019-yil kungi 63-sonli xulosasida voyaga yetmagan S.A.da gemorrogik peritonit va oshqozon devorlari butunligining buzilishi bilan kechgan oshqozon va 12 barmoqli ichakning bir qismi kimyoviy kuyishi bolib, bu ogiz orqali qabul qilingan kimyoviy modda tasiri natijasida yuzaga kelganligi qayd etilib, ushbu jarohatlar hayot uchun xavfli ogir shikastlar toifasiga kirishligi korsatilgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan S.A.ning ozi tushuntirishida, 17-sonli umumtalim maktabining 10 a-sinfida oqiydigan M. ismli bola nomalum dori moddasini berib ichishi kerakligini aytganligini va keyin nomalum dori moddasini yashash xonadoniga kelib ichganligini bildirib otgan.

Bundan tashqari, holatni har tomonlama tekshirish maqsadida20.02.2019-yil kuni voyaga yetmagan S.A. oqigan tumandagi 17-sonli umumtalim maktabining kimyo laboratoriya xonasida mavjud moddalarning saqlanishini qonuniyligini organish yuzasidan viloyat XTBga tekshiruv tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 26.02.2019-yil kuni voyaga yetmagan S.A. tuman shifoxonasining reanimatsiya bolimida vafot etgan va shu kundan uning olimi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-03-2019, 22:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -