» » Buxoro prokuraturasi fuqaroning IIB mashinasida vafot etishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Buxoro prokuraturasi fuqaroning IIB mashinasida vafot etishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi


Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro Sh.Sirojev Vobkent tuman IIB navbatchilik qismi maxsus avtomashinasida to‘satdan vafot etgan. Holat yuzasidan 17-avgust 2018-yilda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari tomonidan JKning 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sh.Sirojevning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanib, sud tibbiy ekspertning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, Sh.Sirojevning o‘limi tilning orqaga ketishi oqibatida yuqori nafas yo‘llarining berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, ish yuzasidan sud tibbiy, biologiya, kriminalistika, trasologiya va boshqa qator sudga oid ekspertizalari tayinlangan.

Vobkent tuman IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют