» » Farg‘onada maktab o‘quvchisi kimyoviy modda ichib vafot etgani rostmi?

Farg‘onada maktab o‘quvchisi kimyoviy modda ichib vafot etgani rostmi?


Turli ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan majburlab kimyoviy modda ichdirilganligi bois vafot etganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Xo‘sh, bu voqea qanchalik rost? O‘zA mazkur holatni o‘rganishga harakat qildi.

2019-yil 15-fevral kuni soat 22:30 larda O‘zbekiston tumani markaziy shifoxonasining qabulxonasi bergan xabarga asosan, O‘qchidasht qishlog‘ida yashovchi, 17-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Sardor Abdumalikov o‘zining ehtiyotsizligi orqasidan noma’lum dorini ochib, ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga tuman prokuraturasining tezkor-tergov guruhi yetib borib, tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida voyaga yetmagan S. Abdumalikov boshi og‘rigani uchun uyidagi javondan noma’lum dorini o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ichib olganligi, keyin qorni og‘rib qolganligi, bu haqda ota-onasiga aytgani, uni shifoxonaga olib borganligi, hech kim unga majburlab dori ichdirmaganligi, oila a’zolari va boshqa shaxslar bilan janjallashmaganligi, ularga achchiq qilib dori ichmaganligi, hech kim bilan adovati bo‘lmaganligi aniqlandi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, S.Abdumalikov 2019-yil 15-fevral kuni maktabga kelib, olti soat dars mashg‘ulotlariga qatnashgan. Maktabda o‘quvchiga sinfdoshlari va pedagoglar tomonidan hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan. Bu o‘quvchi maktabning a’lochi va iqtidorli o‘quvchilaridan biri edi.

Sardor o‘n kun davomida shifokorlar nazoratida davolangan va umumiy ahvoli yaxshilana boshlagan. Ammo, 2019-yil 26-fevral kuni uning holati yomonlashib, tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют