» » Shoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligiga saylovda ikkinchi bosqichga o‘tdi

Shoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligiga saylovda ikkinchi bosqichga o‘tdi


Ukraina markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 97,48 foiz protokollar qayta ishlanganidan so‘ng shoumen va “Xalq xizmatchisi” partiyasi rahbari Vladimir Zelenskiy va davlatning amaldagi rahbari Pyotr Poroshenko prezident saylovlarining ikkinchi bosqichiga o‘tishi kafolatlanadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Boshqa nomzodlar hali qayta ishlanmagan protokollarda qancha ovoz olishiga qaramay bunday imkoniyatdan mahrum bo‘lgan.

Vladimir Zelenskiy 30,24 foizga yaqin ovoz olgani taxmin qilinmoqda, Pyotr Poroshenko esa 15,93 foiz. Ulardan keyingi o‘rinda Yuliya Timoshenko bo‘lib, unda bu ko‘rsatkich 13,99 foizni tashkil etadi.

Ukraina prezidentligiga saylovning birinchi bosqichi 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan. Ikkinchi bosqich 21-aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Internetda Ukrainadagi prezident saylovlaridan ilk ekzit-pollar paydo bo‘ldi: aktyor Zelenskiy birinchi o‘rinda bormoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют