» » Luis Suares La Ligada Diyego Forlan natijasini yangiladi

Luis Suares La Ligada Diyego Forlan natijasini yangiladi


2-aprel, kuni “Barselona” hujumchisi Luis Suares La Liganing 30-turida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda gol urishga erishdi (4:4).

32 yoshli hujumchi uchrashuvning 90+3-daqiqasida hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu Suaresning Ispaniya chempionatidagi 129-goli bo‘ldi. Bu borada u vatandoshi Diyego Forlanni quvib o‘tdi va mazkur musobaqada eng ko‘p gol urgan urugvaylikka aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Suares joriy mavsum La Liga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют