» » Namanganda sud xodimiga 400 dollar pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Namanganda sud xodimiga 400 dollar pora taklif qilgan shaxs ushlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi xodimi Narimon Boqiyevga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) pora taklif etgan shaxsning jinoyatini fosh etdi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

N.Boqiyev 14 yillik stajga ega, ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi arxiv mudiri lavozimida ishlaydi.

Shu yil 2-aprel kuni o‘zini Ixtiyor Valiyev deb tanishtirgan shaxs N.Boqiyevdan valyuta jinoyati bo‘yicha ayblangan tanishiga sudya orqali jazoni yengillashtirib berishni iltimos qilib, “xizmat” quruq qolmasligini bildiradi. Sud xodimi darhol bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisiga murojjaat qiladi.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 3-aprel kuni sudlanuvchining tanishi I.Valiyev sud xodimiga 400 AQSh dollari berayotgan paytida qo‘lga olinadi. Ayni paytda I.Valiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют