» » A Seriya. Inter bugun Romani qabul qiladi, Yuventus esa Fiorentinani sinovdan otkazadi

A Seriya. Inter bugun Romani qabul qiladi, Yuventus esa Fiorentinani sinovdan otkazadi


20-aprel, shanba kuni futbol boyicha Italiya chempionatining 33-tur bahslari boshlanadi.

Turning dastlabki oyinida Jennaro Gattuzo boshliq Milan jamoasi mehmonda Parma bilan oynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Malumot uchun, milanliklar 32-turda Latsioni maglub etgandi (1:0).

Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Turinning Yuventus klubi oz mayonida Fiorentina bilan jang qiladi. Takidlash joiz, turinliklar avvalgi turda safarda kechgan bahsda SPALga yutqazib qoyib (1:2), muddatidan avval chempionlikni biroz ortga surgandi.

Turning markaziy oyida Luchano Spaletti qol ostidagi Inter jamoasi Juzeppe Meatssa stadionida Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning Roma klubi bilan jang qiladi. Toqnashuv soat 23:30 da boshlanishi belgilangan. Eslatib otamiz, 32-turda milanliklar Frozinoneni 3:1 hisobida maglubiyatga uchratgan bolsa, Roma Udineze ustidan Edin Jekonining kiritgan goli evaziga galaba qozongandi (1:0).

22-aprel, dushanba kuni turning songgi oyinda Napoli klubi Atalanta mehmoni boladi. Malumot uchun, neapolliklar 67 ochko toplagan holda musobaqa jadvalida 2-orinda bormoqda.

32-turdan song musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

33-tur bahslari

20-aprel, shanba

22-aprel, dushanba

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2019, 12:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -