» » FVV Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan o‘zbekistonliklarning ro‘yxatini e’lon qildi

FVV Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan o‘zbekistonliklarning ro‘yxatini e’lon qildi


Qozog‘istonning Jambul viloyatida, “Olmaota—Toshkent” yo‘lining 181-kilometrida 20-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 5:09 da Van Hool avtobusi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana 13 o‘zbekistonlik tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi (Mehnat vazirligi tan jarohati olgan o‘zbekistonliklar sonini 12 nafar deb ko‘rsatmoqda).

Avtobus salonida jami 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida jami 11 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, Jambuldagi YTH bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar idoralari hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

Tan jarohati olganlar ro‘yxati:

Ma’lumot uchun, hodisa yuz berganidan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Twitter’dagi sahifasida Jambuldagi YTH oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida ma’lumot e’lon qilingan edi, biroq ko‘p o‘tmay ushbu axborot o‘chirib tashlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют