» » Osiyo chempionati. Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga chiqdi

Osiyo chempionati. Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga chiqdi


20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Ayollar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschi Nilufar Boboyorovaga qarshi ringga ko‘tarildi.

3 raund davom etgan jangda Shahnoza raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq erkaklar o‘rtasida -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibi ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangida shimoliy koreyalik Man Cho Cholni ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shi bilan jang qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют