» » “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” ishtirokchilari mashg‘ulotlar rejasini kelishib oldi

“Hamdo‘stlik qalqoni—2019” ishtirokchilari mashg‘ulotlar rejasini kelishib oldi


“Forish” tog‘ dala poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun 20-aprel kuni kelgan Turkiya hamda Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiy delegatsiyasi rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilish davomida 22—27-aprel kunlari “Forish” poligonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasi, harbiy xizmatchilarning kun tartibi va maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkaziladigan joylar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida bu erda yaratilgan sharoitlar tomonlarni to‘liq qondirayotgani sabab o‘quv rejasiga o‘zgartirish kiritmaslikka kelishib olindi.

“Forish” poligoni hamda undagi ob’ektlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yakunlangach, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. O‘zbekistonlik harbiy san’atkorlar tomonidan pokiston va turk tilida kuylangan diltortar qo‘shiqlar mehmonlarni xushnud etdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют