» » Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dekani ko‘p dars qoldirgan talabalardan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dekani ko‘p dars qoldirgan talabalardan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi


Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Iqtisodiyot” fakulteti dekani A.X. o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, talabalar Q.M. hamda O.A.dan ularni talabalar safida qoldirishi evaziga 400 dollarni olayotgan paytida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir paytida qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, fakultet dekani “Moliya” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar Q.M. va O.A.larni ko‘p dars qoldirganliklari uchun ularni talabalar safidan chiqarishi va kursdan-kursga qoldirishini aytib qo‘rqitgan. Agar har biri 200 dollardan jami 400 dollar bersa, bu fikridan qaytishini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dekaniga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasiga yuborilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют