» » Andijonda katta miqdordagi dollarni so‘mga almashtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda katta miqdordagi dollarni so‘mga almashtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi


25-sentabr kuni Andijon viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida bir guruh fuqarolar o‘zaro til biriktirib, yirik miqdordagi pul mablag‘larini naqdlashtirish hamda milliy valyutani AQSh dollariga noqonuniy ravishda almashtirish vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, “Mikrokreditbank” ATB Kuyganyor filiali xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A. D. va Andijon tumanida joylashgan “Sarbon petrol lyuks” MChJ direktori T. A. fuqaro O.J. ga tegishli plastik kartadan 112 million so‘mni 3 foiz ustama evaziga echib olib, har bir dollarni 8300 so‘m qiymatida (jami 10 ming 610 dollar) almashtirishga uringan. Naqdlashtirish T.A.ning o‘g‘li S.B. nomiga rasmiylashtirilgan savdo terminali orqali amalga oshirilgan. Tezkor guruh xodimlari tomonidan ushbu fuqarolar voqea joyida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют