» » Turk filmlari haftaligi: “Qashqirlar makoni” Alisher Navoiy kinoteatrida namoyish etiladi

Turk filmlari haftaligi: “Qashqirlar makoni” Alisher Navoiy kinoteatrida namoyish etiladi


Turkiya Madaniyat vazirligining Kino boshqarmasi va Yunus Emre instituti ko‘magi bilan Avrasiya nodavlat jamoatchilik hamkorligi fondi tomonidan tashkil qilinayotgan “Turk filmlari haftaligi” 25—28-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Haftalikda turk kino shinavandalari tomonidan yuqori baholangan filmlar namoyish qilinadi.

“Novvoy bobo”, “Ishq siri”, “Qashqirlar makoni: Vatan”, “Qiziquvchan bolalar: Dahliz voqeasi”, “Jigarim” kabi filmlar namoyishi rejalashtirilgan tadbirga “Novvoy bobo”, “Ishq siri” filmlarining rejissori Kurshat Kizbaz, aktrisa Hayat O‘ljay va “Qashqirlar makoni: Vatan” filmidagi Umar bobo roli bilan tomoshabinlar mehrini qozongan taniqli aktyor Emin O‘ljay ishtirok etadi.

O‘zbekistonda turk seriallariga, aktyor va aktrisalariga qiziqish kuchli bo‘lgani bois “Turk filmlari haftaligi” yuqori darajada o‘tishi kutilmoqda.

Hafta davomida barcha filmlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy zallarida tomoshabinlar hukmiga havola qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют