» » Xorazmda 4 bosqichli maxsus-taktik oquv mashqlari otkazildi (foto)

Xorazmda 4 bosqichli maxsus-taktik oquv mashqlari otkazildi (foto)


Xorazmda Zilzila natijasida yuzaga kelgan yongin bilan bogliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda korxona fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari mavzusida maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi. Bu haqda Xorazm viloyati FVB Daryoga xabar berdi.

Ushbu mashgulot Xorazm viloyati hokimi, Fuqaro muhofazasi boshligining 2019-yil 21-yanvardagi Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha 2018-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2019-yildagi vazifalar togrisidagi 3-8 (XDFU)-sonli buyrugiga asosan otkazildi.

Oquv mashqini otkazish davomida tuman FVDT xizmatlari hamda korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boyicha nazariy va amaliy bilimlari hamda konikmalari takomillashtirildi.

Oquv mashqi 4 bosqichda otkazildi:

Birinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali FM tuzilmalari aloqa va xabar berish guruhining faoliyati va korxona hududida sodir bolgan yongin bilan bogliq favqulodda vaziyatlarda korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va shahar FVDT xizmatlariga tasdiqlangan ogohlantirish sxemasi orqali xabar berish boyicha harakatlari amalda tekshirildi va Yigin xabari orqali barcha shaxsiy tarkib va talabalarning filial hududidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish togrisida topshiriqlar berildi. Topshiriqlar asosida barcha shaxsiy tarkib va talabalarning xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va Yigin xabari boyicha Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va shahar FVDT xizmatlarini belgilangan muddatlarda yetib kelishi va saflanishi nazoratga olindi.

Ikkinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududiga berilgan Yigin xabari boyicha korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tuman FVDT xizmatlarining sodir bolishi mumkin bolgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarlik holati tekshirildi va har bir guruh sardori va tuman FVDT xizmatlari boshliqlarining oquv mashqiga tayyorgarlik yuzasidan axborotlari tinglandi. Shu qatorda oquv mashqining amaliy bosqichlarini olib borilishi boyicha filial shtab boshligi tomonidan ishlab chiqilgan xarita yordamida yonalishlar berildi, shaxsiy tarkibning himoya vositalaridan foydalanishlari amalda tekshirildi va tegishli kosatmalar berildi.

Uchinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududida sodir bolgan yongin natijasida filialning mamuriy binosi va atrofidagi qoshimcha binolardan ishchi xodimlar va fuqarolar, bundan tashqari moddiy boyliklarni xavfsiz hududlarga kochirish tadbirlari amalga oshirildi. Evakuatsiya tadbirlari davomida korxona ichkarisidan jarohatlanganlar xavfsiz hududlarga olib chiqilib, ularga korxona sanitariya guruhi va Urganch shahar TTYO xizmati xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam korsatish tadbirlari amalda bajarildi.

Tortinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududida sodir bolgan yongin oqibatlarini bartaraf etish va yonginni kengayishini oldini olish, moddiy boyliklarni nobud bolishiga yol qoymaslik maqsadida korxona yonginga qarshi kurash guruhi va shahar Yongin xavfsizligi xizmati tomonidan yongin oqibatlari oz vaqtida bartaraf etildi. Sodir bolgan yongin natijasida tan jarohati olgan ishchi xodimlar filial qutqaruv guruhi hamda viloyat FVB qutqaruv otryadi bilan hamkorlikda xavfsiz hududga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam korsatish ishlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, otkazilgan tadbir davomida viloyat FVB qutqaruv otryadi va yongin xavsizligi xizmatining maxsus qidiruv-qutqaruv va yongin ochirish asbob-anjomlarining korgazmali namoyishi otkazildi va talabalar va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Otkazilgan maxsus-taktik oquv mashqiga Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar va Yongin xavfsizligi boshqarmalaridan 16 nafar xodim, 2 ta texnika hamda zaruriy asbob-anjomlar;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va rahbar tarkibidan 50 nafar xodim, kuzatuvchi sifatida 110 nafar oqituvchi xodimlar va 480 nafar talabalar, jami 640 nafar shaxsiy tarkib va zaruriy asbob-anjomlar, jami 662 nafar xodim, 4 ta maxsus texnika va zaruriy asobob-anjomlar jalb etildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-04-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
:
-
:
20 ... -