» » “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram-kanali ish boshladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram-kanali ish boshladi


Xabaringiz bor, Prezidentning joriy yil, 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zbekenergo” AJ bazasida uchta alohida-alohida aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilangan edi. Iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun, “O‘zbekenergo” AJ bilan muloqot” Telegram-kanali  yangi tashkil etilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” nomiga o‘zgartirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, xalq bilan bevosita muloqot qilish, jumladan, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o‘rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko‘rib borish maqsadida Telegram messenjerida ishga tushirilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali aholi o‘z murojaatlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yo‘llashlari mumkin.

Yo‘llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o‘z yechimini topadi.

Shuningdek, ushbu Telegram kanali orqali elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar, sohaga oid yangiliklardan ham xabardor qilib boriladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют