» » O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi


Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, endilikda muntazam ravishda sanoat yarmarkalari o‘tkaziladi.

Hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishning muhim vositasi sifatida elektron kooperatsiya portalining faoliyati tashkil etiladi. Unda sanoat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini masofadan tuzish imkoni beriladi.

Qaror bilan 2019-yilda tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarning yangi turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatdan qariyb 100 ga yaqin mahsulotlar joy olgan. Xususan, ninali shpritslar, yog‘och-tolali plitalar, issiqxona uskunalari hamda elektr choynaklar shular jumlasidan.

Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.

“Toshkent mexanika zavodi” AJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark tashkil etiladi.

2019-yil 1-iyuldan:

Davlat buyurtmachilari tomonidan import tovarlarni xarid qilish to‘g‘risidagi istaklar davlat xaridlari maxsus axborot portalida ham joylashtiriladi;

3 yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют