» » Superliga. “Navbahor” “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Superliga. “Navbahor” “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi


4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida Namanganning “Navbahor” klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Slavko Lukich (8) hamda Aleksandr Kasyan (18, 31) urgan gollarga jizzaxliklar yarim himoyachi Sanjar Rashidovning (90) kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi (3:1). Shu tariqa namanganliklar “So‘g‘diyona” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Navbahor” 11 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jizzax klubi esa 6 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

Superliga

7-tur bahsi

4-may, shanba

Gollar: 1:0 — 8 Slavko Lukich, 2:0 — 18 Aleksandr Kasyan, 3:0 — Aleksandr Kasyan, 3:1 — 90 Sanjar Rashidov

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Oston O‘runov, Azim Ahmedov (Shahzod Shaymanov, 75), Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 68), Obid Jo‘raboyev (Igor Golban, 70), Mirzohid G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbos G‘ulomov

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov, Jamshid Boltaboyev (Izatilla Abdullayev, 21), Doston Toshmatov (Sahob Rashidov, 46), Sherzod Shakirov, Daniyel Nasriddinov (Dian Talxatov, 63), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют