» » APL. Chelsi yirik hisobda galaba qozondi, Manchester Yunayted esa songgi orindagi jamoa bilan durang oynadi (video)

APL. Chelsi yirik hisobda galaba qozondi, Manchester Yunayted esa songgi orindagi jamoa bilan durang oynadi (video)


4-may, yakshanba kuni futbol boyicha Angliya Premyer Ligasining 37-turi doirasida 2 ta oyin yakunlandi.

Mauritsio Sarri qol ostidagi Londonning Chelsi klubi Stemford Brijda Uotfordni sinovdan otkazdi.

Uchrashuv davomida London klubi oyinchilari Ruben Loftus-Chik (48), David Luis (51), Gonsalo Iguain (75) urgan gollar aristokratlarning galabasini taminladi (3:0).

Mazkur galabadan song londonliklar 71 ochko toplab, musobaqa jadvalida 3-oringa kotarilib oldi, Uotford esa 50 ochko bilan 10-orinda bormoqda.

Ole-Gunnar Sulsher boshliq Manchester Yunayted klubi safarda Haddersfildga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 8-daqiqasida Skott Maktominay hisobni ochgan bolsa, 60-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Isaak Mbensa hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa qizil iblislar mehmonda kechgan bahsda Haddersfild bilan durang oynadi (1:1).

Malumot uchun, mankunianlar 66-ochko jamgargan holda musobaqa jadvalida 6-pogonani band qilib turgan bolsa, Haddersfild esa 15 ochko bilan songgi orindan joy olgan.

APL

37-tur bahslari

Gollar: 1:0 48 Loftus-Chik, 2:0 51 David Luis, 3:0 75 Iguain

Gollar: 0:1 8 Maktominay, 1:1 60 Mbensa

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -