» » Manchester Yunayted Pogbaning transfer narxini elon qildi

Manchester Yunayted Pogbaning transfer narxini elon qildi


Manchester Yunayted yarim himoyachisi Pol Pogba Realga otish istagi borligini malum qildi.

The Telegraphning xabar berishicha, futbolchi transfer amalga oshishi uchun Yunaytedga bosim otkazishga tayyor. Pogbaning Qirollik klubiga otish istagi qizil iblislarning kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligi oydinlashganda esa yanada kuchaydi.

Biroq mankunianlar fransiyalikni arzon narxga sotmoqchi emas. Klub futbolchini 160 million funtdan kamiga sotishni xohlamayapti. Madridliklar esa ushbu summani bera olmaydi, klub Chelsi yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartmona imzolashga urinmoqda.

Yunaytedning malum qilishicha, Pogbaning agenti Mino Rayola Real bilan muzokara olib borgan va Ispaniya klubi mavsum oxirida futbolchi uchun 100 million funt taklif qilmoqchi.

Eslatib otamiz, Pol Pogba joriy mavsum Premyer liga doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2019, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -