» » Google yuzni tanish texnologiyasidan “aqlli” uylarda foydalandi

Google yuzni tanish texnologiyasidan “aqlli” uylarda foydalandi


Amerikaning Google kompaniyasi dunyoda birinchilardan bo‘lib yuzni tanish tizimi bilan jihozlangan smart-displeyni o‘zining “aqlli” uyiga o‘rnatib ko‘rdi, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Nest Hub Max nomini olgan yangi qurilma Google I/O servisi dasturchilari uchun har yili o‘tkaziladigan anjuman doirasida taqdim etildi.

Diametri 25,4 santimetga ega sensorli ekran avvaliga AQSh, Kanada, Buyuk Britaniyada sotuvga chiqadi va uning narxi 229 dollar atrofida bo‘ladi.

DPA agentligining ma’lum qilishicha, qurilmaning takomillashishi shaxsiy ma’lumotlar himoyasi tarafdorlarining tanqidini o‘ziga jalb etishi mumkin.

Shunga qaramay korporatsiyaning apparat bo‘linmasi vitse-prezidenti Rik Osterlox yuzni tanish funksiyasi avtonom ishlashi va internetga ulanmasligini ta’kidlamoqda.

Joriy yilning mart oyida Yevrokomissiya internet-gigantini uchinchi bor jarimaga tortgan edi. Google o‘zining AdSense for Search konteks reklama servisining ishidagi xatolik va bu orqali raqiblari qiziqishini noqonuniy kuzatgani uchun 1,49 milliard yevro to‘lashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют