» » Eron AQShning “boshiga urish” bilan tahdid qildi

Eron AQShning “boshiga urish” bilan tahdid qildi


AQSh Fors ko‘rfazida faol harakatlar olib boradigan bo‘lsa, Eron bunga zudlik bilan bunga javob qaytaradi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) brigada generali Amir Ali Hojizoda ma’lum qildi, deb xabar berdi Al Arabiya.

Hojizodaning so‘zlariga ko‘ra, ilgari Fors ko‘rfazida AQSh harbiylarining bo‘lishi tahdid edi, hozir esa bu “imkoniyat”ga aylangan. U, shuningdek, agar amerikaliklar tajovuzkorona harakatlarni boshlasa, Eron “ularning kallasiga urishi”ni qo‘shimcha qilgan.

IIQK bosh qo‘mondoni general-mayor Husayn Salomiy AQSh mintaqada psixologik urush boshlaganini bildirgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Amerika tomoni Eron qirg‘oqlariga “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kemasi va bombardimonchi samolyotlar guruhini yuborishini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Eronning AQSh bilan munosabatlarni keskinlashtiruvchi xavfli harakatlariga javobdir.

AQSh va Eron munosabatlari keskinlashuviga Trampning 2018-yil may oyida 2015-yilgi yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqishini e’lon qilgani va Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklagani sabab bo‘lgan. Ushbu sanksiyalar noyabr oyidan kuchga kirgan. Sanksiyalar neft eksportini taqiqlashdan tashqari, sanoat, savdo-sotiq va Eron Markaziy bankining dollarda amalga oshiradigan operatsiyalariga nisbatan ham joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют