» » Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 13-maydagi hukmiga ko‘ra Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Baxtiyor Abdusamatov, vaqtincha ishsiz O‘lmas Muhammadsaidov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Milliy PR-markazi” sobiq bosh direktori Shohrux Malikov ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 13-may kuni hukmiga ko‘ra Baxtiyor Abdusamatov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2 qismi a bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda) va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab 3 muddatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlardan ishlash mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

Tayinlangan jazo muddati manzilli kaloniyalarda o‘tash belgilandi. Qamoqqa olish ehtiyot chorasi aslicha qoldirilgan holda jazo muddati 2018-yil 10-sentabrdan boshlab hisoblanishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют