» » Putin jurnalist Ivan Golunovga nisbatan uyushtirilgan ayblov tufayli ikki generalni ishdan bo‘shatdi

Putin jurnalist Ivan Golunovga nisbatan uyushtirilgan ayblov tufayli ikki generalni ishdan bo‘shatdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki nafar politsiya generalini ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzoladi.

Ulardan biri Rossiya IIV Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-mayori Yuriy Devyatkin bo‘lsa, ikkinchisi bosh boshqarmaning G‘arbiy ma’muriy okrugi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-mayori Andrey Puchkovdir.

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Meduza nashri muxbiri Ivan Golunovga nisbatan jinoiy ish harakatdan to‘xtatilganidan so‘ng Putindan ularning iste’fosini so‘ragandi.

Golunov ijarada turgan uyidan “narkotiklar topilgani” tufayli uy qamog‘iga mahkum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют