» » Songgi davlat vakillari Ozbekistonga yetib keldi. Harbiy-tibbiy estafetaga qura tashlandi (foto)

Songgi davlat vakillari Ozbekistonga yetib keldi. Harbiy-tibbiy estafetaga qura tashlandi (foto)


Bugun, 2-avgust kuni V Xalqaro armiya oyinlarining Harbiy-tibbiy estafeta yonalishida ishtirok etuvchi songgi mamlakat jamoasi tojikistonlik harbiy xizmatchilar Forishga yetib keldi. Bu haqdaMudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Daryoga xabar berdi.

Harbiy orkestr sadolari hamda ozbekona urf-odatlar bilan tantanali ravishda kutib olingan mehmonlar ozlari uchun ajratilgan joylarga joylashdi.

Shundan song, qura tashlash marosimi uchun barcha jamoalar shaxsiy tarkibi harbiy shaharchadagi Dostlik uyida yigildi. Sharafli mehmon sifatida tadbirda jahon arenalarida Ozbekistonni munosib himoya qilgan harbiy sportchilar ishtirok etdi. Yigilishga ArMI-2019ning kochma kubogi sharaf bilan olib kirildi.

Qura tashlash marosimini Ozbekiston mudofaa vazirining orinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ochib berdi.

Barchamiz ArMI2019 doirasida otkazilayotgan Harbiy-tibbiy estafeta tanloviga start berilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz uni eng yuqori darajada otkazish niyatidamiz. Ishonchim komilki, mazkur tanlov xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoshadi. Barchaga omad tilayman!, dedi general-mayor Azizbek Ikramov.

Shaffof va oshkor ravishda otkazilgan qura natijalariga kora, Harbiy-tibbiy estafeta tanlovida jamoalarning ishtirok etish ketma-ketligi aniqlandi. Bular:

1 Angola;

2 Armaniston;

3 Rossiya;

4 Zimbabve;

5 Vetnam;

6 Tojikiston;

7 Myanma;

8 Belarus;

9 Qozogiston;

10 Ozbekiston;

11 Ozarbayjon.

Mazkur royxat barcha davlat vakillarining imzosi ostida tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-08-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -