» » Hindistonlik o‘smir Jaguar o‘rniga sovg‘a qilingan BMW’ni daryoga cho‘ktirib yubordi (video)

Hindistonlik o‘smir Jaguar o‘rniga sovg‘a qilingan BMW’ni daryoga cho‘ktirib yubordi (video)


Hindistonda 18 yoshga to‘lgan yigit tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan BMW 3-Series’ni daryoga cho‘ktirib yubordi, deb xabar beradi “Motor”.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit tug‘ilgan kuniga Jaguar sovg‘a qilishlarini xohlagan.

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan videodan ko‘rish mumkinki, oq sedan sekin-asta suv ostiga cho‘kib bormoqda. Mahalliy aholi salon ichida biror odam bor deb o‘ylab, avtomobilni “qutqarish”ga uringan.

Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, yigit rostdan ham otasi Jaguar olib bermagani uchun yangi BMW’sini daryoga cho‘ktirib yuborgan. Biroq politsiyaning qo‘shimcha qilishicha, yigitga nisbatan hech qanday ish ochilmaydi, chunki u ruhiy nosog‘lom. Ayni vaqtda u muolajalarni o‘tash uchun shifoxonaga olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют