» » “Volga” avtobrendi qayta tiklanishi mumkin. Lekin u avvalgidek yengil mashina bo‘lmaydi

“Volga” avtobrendi qayta tiklanishi mumkin. Lekin u avvalgidek yengil mashina bo‘lmaydi


“GAZ guruhi” kompaniyasi o‘rta istiqbolda “Volga” brendini qayta tiklish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bunday nomni Volkswagen Caddy, Lada Largus singari katta bo‘lmagan tijorat avtomobillari olishi mumkin. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Men uni “Gazel”dan kichkinaroq bo‘lgan tashuvchi avtomobil deb nomlayman. Masalan, Volkswagen Caddy singari. Menimcha, “Volga” brendi katta miqdorda bo‘lmagan yuk va asboblarni tashishi kerak bo‘lgan texniklar uchun avtomobil yaratish loyihasini amalga oshirishga yordam beradi. Men bu segmentdan voz kechmagan bo‘lardim. Agar mana shu avtomobilni ishlab chiqarsak, mashina mahsulotlarimizga xos xarakteristika — raboqatbardosh narx, yuqori sifat, mustahkamlikka ega bo‘ladi.

Zigfrid Volf, “GAZ guruhi” kompaniyasi rahbarlaridan biri 

“GAZ guruhi” vakillari “Volga”ning qayta tiklanishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmaganini bildirdi. Model shirkatning o‘ziga tegishli yoki sotib olinadigan platformada yaratilishiga ham aniqlik kiritilmagan.

Zigfrid Volf “Volga” brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarilishi mumkinligini rad etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют