» » O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-sentabrdan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentning joriy yil 27-avgust kuni imzolangan farmonida ko‘zda tutilgan.

Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi:

mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;

muqobil malaka oshirish;

ta’lim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.

Bunda rahbar va pedagog kadrlarga ularning kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalaridan kelib chiqib, muqobil malaka oshirish yoki ta’lim dasturlari asosida o‘qish shakllarini tanlash imkoniyati beriladi.

2019-yil 1-sentabrdan boshlab:

rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘qish umumiy davomiyligini 144 soat etib belgilash;

rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlaridaprofessor-o‘qituvchilarning sonidan kelib chiqib belgilanadigan, kamida 3 ta shtat birligidan iborat ta’lim texnologiyalari kafedralarini tashkil etish;

rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida samarali dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etilgan malakali professor-o‘qituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarni soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantirish;

pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qishini masofaviy shaklda tashkil etish;

rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ushbu markazlar xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra 200 foizgacha ustama haq to‘lash;

oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimini kiritish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют