» » Turkmaniston paxtakorlariga prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan viloyatga xirmonni birinchi bo‘lib ko‘tarishda yordam berish buyurildi

Turkmaniston paxtakorlariga prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan viloyatga xirmonni birinchi bo‘lib ko‘tarishda yordam berish buyurildi


Turkmaniston qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligida mamlakatdagi barcha viloyatlar hokimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida vazir Maxtumquli Bayramdurdiyev bu yilgi paxta yig‘im-terimi rejasini bajarish uchun barcha kuchlarni ishga solish, keyinchalik g‘alla ekishga tayyorgarlikni boshlash lozimligi haqida odatiy ko‘rsatmalarni bergan. Shundan so‘ng prezidentning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov boshqarayotgan Axal viloyati birinchi bo‘lib rejani bajarishi zarurligi ma’lum qilingan. Qolgan viloyatlar bunda hasharchilar bilan yordam berishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, avgust oyi oxirida boshqa viloyatlardagi har bir oila o‘z hisobidan bir nafardan odamni bir oyga Axal viloyatiga paxta terimiga yuborishi talab etiladi. Zarurat bo‘lganda qo‘shimcha ishchi kuchi kelgusida ham jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют